Husanovning PSJ bilan o‘yindagi xatolarini tushuntirishdi
PSJ va «Manchester Siti» to‘qnashuvidan ancha keskin kurash kutilgandi, ammo birinchi bo‘limdayoq mehmonlar tomonidan urilgan uchta gol stadionni lol qoldirdi. «Shaharliklar»ning himoyasidagi tanazzul jamoaning mavsumdagi ikkinchi mag‘lubiyatiga, 8 o‘yindan iborat g‘alabali seriyaning to‘xtashiga va eng muhimi, tabiiy ko‘ringan natijaga olib keldi.
Aslida hisob yanada yirik bo‘lishi mumkin edi – Ferran Torres penaltiidan foydalanа olmadi, aks holda angliyaliklar uchun haqiqiy fojia qayd etilardi. Ammo Chempionlar ligasi amaldagi g‘olibi bugungi kuda maydonda kim zo‘r ekanini «Manchester Siti»ga yaqqol ko‘rsatib qo‘ydi.
Endi e’tiborni shu savolga qaratamiz: nega «Manchester Siti» shunday yuqori darajadagi uchrashuvda bu qadar bo‘sh ko‘rindi? «Evro-futbol» nashri o‘yinni tahlil qilib, Enzo Mareska shogirdlariga 10 ballik tizim asosida subyektiv baholar berdi.
«MANChESTER SITI» – PSJ O‘YINIDAGI UChTA ENG ZAIF FUTBOLChI
ABDUQODIR HUSANOV – 3,0. «Siti»ning asosiy muammolaridan biri qanot himoyasida namoyon bo‘ldi. Aynan shu yerda Husanov raqibni nazorat qilish nima ekanini unutib qo‘ygandek tuyuldi. Boshqacha qilib tushuntirish qiyin: nega Dezire Due deyarli har doim erkin qoldi?
Dezire to‘pni qabul qiladi va oldida katta bo‘shliq – natijada birinchi gol. Keyinchalik yana o‘sha manzara: darvoza oldida hech kim tomonidan yopilmagan holda to‘pni sherigiga uzatib, ikkinchi golga assist qiladi.
Abduqodir Husanov bir necha bor zonasida joyini yo‘qotdi, orqa tomonni ochib qo‘ydi va 5–7 marta jiddiy pozitsion xatoga yo‘l qo‘ydi.
MARK GEHI – 3,0. Qiziqishi shundaki, o‘yinda eng ko‘p tanqidga uchragan himoyachilarni Mareska almashtirishga shoshilmadi. Hisob 0:3 bo‘lganidan so‘ng boshqa futbolchilarga dam berishni ma’qul ko‘rdi, ammo Gehi maydonda qoldi.
Mark butun o‘yin davomida bir xil noaniq harakat qildi, ko‘p hollarda to‘pdan o‘zini chetga olib, raqibni juda passiv tarzda kutib oldi. Dembele Gehining shartli «pressingi» ostida osonlikcha vaziyat yaratib, ikkinchi golni urdi. Akliush esa huddi shu usulda to‘rtinchi gol muallifiga aylandi.
DZHANLUIJI DONNARUMMA – 3,0. Albatta, Donnarummani ham esdan chiqarib bo‘lmaydi. U Ferran Torresning ishlatilmagan penalitisidan keyin vaziyatni yumshatishga umid qilgandek bo‘ldi, ammo kech edi. PSJning to‘rtinchi golida italyalik darvozabon deyarli to‘pni o‘zi darvozasiga kiritdi – Due va Dembele zarbasida yaqin burchakni yopishga ulgurmadi.
Vitinya zarbasi ham unchalik qiyin emasdi. Mutaxassislar hisob-kitobiga ko‘ra, Donnarumma qaytarishi mumkin bo‘lgan to‘plar soni manfiy ko‘rsatkichga tushdi, to‘rtta o‘tkazib yuborilgan gol esa uning o‘yini haqidagi tasavvurni yanada og‘irlashtirdi.

Fikrlar