Agneshka Radvanskaning kuchi Donna Vekichga etmadi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Polshaliks tennischi Agneshka Radvanska "TEB BNP Paribas Istanbul Cup" turnirida o‘yinni davom ettira olmadi.

Agneshka birinchi davrada xorvatiyalik Donna Vekichga qarshi kortga chiqdi. O‘yinda hisob 1:6, 0:2 bo‘lib turganda Radvanska o‘yinni davom ettirishdan bosh tortdi va mag‘lubiyatini tan oldi. 

Donna Vekich Turkiyadagi turnirning chorak final yo‘llanmasi uchun o‘tadigan bahsda avstraliyalik Ayla Tomlyanovich, yoki belgiyalik Alison Van Uytvankga qarshi kortga chiqadi.

Sports.uz

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!