Ejeni Bushar Taybeyda qovun tushurdi

  • 2 fevral, 2018, 22:30
  • 0
  • Tennis
CHERY AUTO

 

Tecno

“Taiwan Open – 2018” turnirining chorak finalida kanadalik Ejeni Bushar xitoylik Van Yafanga qarshi kortga chiqdi.Taybey shahrida o‘tkazilayotgan musobaqaning mazkur uchrashuvida Van raqibiga bor yo‘g‘i to‘rt geymni boy berdi va navbatdagi bosqchiga yo‘l oldi.

Shuningdek, chorak finalning yana bir uchrashuvida vengriyalik Timea Babosh bilan polshalik Magda Linett o‘zaro to‘qnash keldi. Bahsda Timea 6:1, 6:3 hisobida zafar quchdi.

Shu tariqa “Taiwan Open – 2018” turnirining yarim finalida Babosh  va Yafan o‘zaro kuch sinashadigan bo‘ldi.

Sports.uz

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!