
APLdagi 10 ta eng yomon transfer e’lon qilindi
Nufuzli "Goal" nashri joriy mavsum Angliya Premer-ligasidagi eng yomon top-10 transferlari ro‘yxatini e’lon qildi. Unga ko‘ra, Joau Feliksining "Atletiko Madrid"dan "Chelsi"ga o‘tishi mavsumning eng omadsiz transferi bo‘ldi.
25 yoshli portugaliyalik hujumkor yarim himoyachi Joau Feliks o‘tgan yozda "Chelsi" tomonidan 46 million funt evaziga sotib olingan edi. Biroq uning London klubidagi faoliyati kutilganidek bo‘lmadi.
Feliks joriy mavsumda London klubi safida 20 ta o‘yinda maydonga tushib, 7 ta gol va 2 ta assist qayd etdi. Biroq aynan Angliya Premer-ligasida u faqatgina 12 ta o‘yin o‘tkazib, 1 ta gol va 1 ta golli uzatma bilan kifoyalandi. Qishda esa u ijara asosida Italiya klubi "Milan"ga yo‘l oldi.
"Goal" versiyasiga ko‘ra APLdagi 10 ta eng yomon transfer:
1. Joau Feliks – "Atletiko"dan "Chelsi"ga (46 million funt)
2. Raxim Sterling – "Chelsi"dan "Arsenal"ga (ijara)
3. Federiko Keza – "Yuventus"dan "Liverpul"ga (12.5 million funt)
4. Joshua Zirkze – "Bolonya"dan "Manchester Yunayted"ga (36.5 million funt)
5. Eddi Nketia – "Arsenal"dan "Kristal Pelas"ga (30 million funt)
6. Kieran Djuzberi-Xoll – "Lester"dan "Chelsi"ga £30 million funt)
7. Emil Smit-Rou – "Arsenal"dan "Fulxem"ga (34 million funt)
8. Jeydon Sancho – "Manchester Yunayted"dan "Chelsi"ga (ijara)
9. Mattays de Ligt – "Bavariya"dan "Manchester Yunayted"ga (43 million funt)
10. Ian Matsen – "Chelsi"dan "Aston Villa"ga (37.5 million funt)
Fikrlar