Byanka Andreeskuning jarohati hamon tuzalmadi
13-19 may kunlari Rim shahrida Xotin-qizlar tennis uyushmasi tomonidan "Internazionali BNL d'Italia" xalqaro turniri o‘tkaziladi.
Unda kanadalik tennischi Byanka Andreesku ishtirok eta olmaydi. Bunga sabab, uning elkasidan olgan jarohati hamon tuzalmaganidadir.
Andreesku endi faqat Frantsiyada o‘tadigan "Katta dubulg‘a" turkumiga kiruvchi "Rolan Garros" turnirida ishtirok etadi.



Fikrlar