Keysuke Xonda “Milan”ni tark etadi
Italiyaning “Milan” klubi yarim himoyachisi Keysuke Xonda jamoani tark etishi mumkin. Bu haqda La Repubblica xabar bermoqda.
Manbaning ma’lum qilishicha, 30 yoshli yaponiyalik futbolchi klubdagi o‘rnidan norozi. Shuning uchun Xonda Italiyani tark etmoqchi.
Xabarlarga qaraganda, “Milan” yarim himoyachisi o‘z yurtiga qaytishi mumkin ekan.
Fikrlar