
Mourino terma jamoada ish boshlashga tayyor
Ayni paytda Turkiya Superligasida “Fenerbahche”ni boshqarayotgan Joze Mourino terma jamoalarda ishlashga ham tayyor ekanini ta’kidladi.
- Futbol bo‘yicha terma jamoalarni boshqarishni istaymanmi? Ha, albatta. Men jahon va Evropa chempionatlari tajribasiga ega bo‘lishni xohlayman.
O‘z yurtim yoki o‘zim ishlagan mamlakatlar terma jamoasini boshqargan bo‘lardim. Bu hozir bo‘lmasa ham, qachondir amalga oshadi, - dedi portugaliyalik murabbiy.
61 yoshli Joze Mourino bosh murabbiy sifatida Portugaliya, Ispaniya, Italiya, Angliya va Turkiya chempionatlarida faoliyat yuritgan.
Fikrlar