15 yoshli supertalant “Yunayted” va “Liverpul”ni mensimadi

  • 20 may, 2022, 10:30
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

Angliya futboli grandlari – “Manchester Yunayted” va “Liverpul” Braziliyada porlay boshlagan Endrikni nishonga oldi.

Har ikki klub 15 yoshli iste’dod egasini o‘z safiga chorlab, 16 yoshgacha to‘lishi bilan shartnoma imzolashni taklif qildi.

Daily Star nashrining ma’lum qilishicha, vunderkind grand klublar chorlovini qabul qilmagan. Endrik o‘zining birinchi shartnomasini o‘zi sevgan klub – “Palmeyras” bilan imzolashni istayapti.

Bu futbolchi yuqorida nomi zikr etilgan ikki klubdan tashqari “Manchester Siti” va “Real” skautlari nazariga ham tushgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!