150 million evro! “Real” xo‘jayini “Siti”ni “dahshatli” transferga chorlayapti

  • 7 oktabr, 06:54
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Madridning “Real” klubi xo‘jayini Florentino Peres orzusini amalga oshirish uchun “Manchester Siti”ga 150 million evro miqdorida badal to‘lashga tayyor.

Tecno

Daily Star nashrining yozishicha, madridliklar “Oltin to‘p” sohibi Rodrigo Ernandesni olish uchun hech qanday mablag‘ ayamoqchi emas.

“Manchester Siti” ham 29 yoshli futbolchini jamoada saqlab qolishga urinyapti. Klub unga katta maosh ko‘rsatilgan yangi bitim taklif qilishga hozirlanmoqda. Bu bitim orqali ular Rodri faoliyatining oxiriga qadar Manchesterda to‘p tepishiga erishmoqchi.

Rodri 2019 yildan beri Xosep Gvardiola jamoasida to‘p tepib keladi. 2024 yilda ispan futbolchisi eng nufuzli sovrin – “Oltin to‘p” sohibi bo‘ldi. Tomonlarning amaldagi shartnomasi 2027 yilning yarmigacha davom etadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!