
5 nafar bokschimiz Saudiya Arabistonidagi yangi turnirda ishtirok etadi
Avvalroq, charm qo‘lqop ustalarimiz - Abdumalik Xalokov va Mujibillo Tursunov WBC ning “Riyadh season" doirasida o‘tkaziladigan Gran-Pri turnirida ishtirok etishini xabar bergandik. Bugun mazkur musobaqada yana 3 nafar bokschimiz - Lazizbek Mullajonov, Suxrob Qayumov va Kamronbek Eshmatov ham qatnashishi ma’lum bo‘ldi.
Mazkur turnir qoidalari: janglarda to‘rt vazn toifasida 128 nafar bokschi mavjud. Turnir yarim engil, birinchi yarim o‘rta, o‘rta va super og‘ir vazn toifasida bo‘lib o‘tadi. 1/16 finaldan boshlanajak bahslar 6 raunddan iborat. Final janglari esa 8 raund etib belgilangan.
Ma’lumot uchun, turnirda 26 yoshdan kichik bokschilargina qatnasha oladi. Shuningdek ular prof boksda 10 tadan ko‘p jang qilmagan bo‘lishi ham lozim.
Fikrlar