
7 ta gol urilgan o‘yinda g‘alaba qozongan "Paxtakor" onlayn jadvalda "Nasaf"ga etib oldi, Cheran tarixga kirdi
O‘zbekiston Superligasi 22-turidan o‘rin olgan "Paxtakor" - "Qo‘qon-1912" uchrashuvi nihoyasiga etdi. Unda maydon egalari 5:2 hisobida zafar quchdi.
"Sherlar" safida Dragan Cheran toshkentliklar safidagi ilk pokerini rasmiylashtirdi, Sardor Sobirxo‘jaev bir bor raqib darvozasini ishg‘ol etdi. Bu gollarga qo‘qonliklar Javohir Sidiqov hamda Oybek Rustamovning aniq zarbalari evaziga javob qaytardi.
Shu tariqa, Shatskix shogirdlari ochkolari sonini 42 taga etkazgan holda, onlayn jadvalda peshqadam "Nasaf" bilan tenglashib oldi. 13-pog‘onadagi "shunqorlar" 18 ochko jamg‘argan.
Fikrlar