Albina qattiq kurashdi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

 

O‘zbekistonlik tennischi Albina Xabibulina Xalqaro tennis federatsiyasi tomonidan Tunisda o‘tkazilayotgan xalqaro turnirning saralash bosqichida ishtirok etdi.

Mukofot jamg‘armasi 15 ming AQSh dollari bo‘lgan "Hammamet-2015" xalqaro turnirining asosiy to‘riga chiqish uchun kurashgan hamyurtimiz dastlabki uchrashuvda shvetsiyalik Rebekka Exnni 6:3, 6:0 hisobida mag‘lub etgan.

Asosiy to‘r yo‘llanmasi uchun bo‘lgan navbatdagi bahsda shveytsariyalik Chiara Frapolli bilan raqobatlashgan hamyurtimiz uchrashuvni 6:2, 6:4, 6:1 hisobida boy berdi va musobaqani tark etdi.

SPORTS.uz

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!