
Aleksandr Zverev: Men Sharipovani sevaman
Germaniyalik tennischi Aleksandr Zverev va rossiyalik Olga Sharipova o‘rtasidagi muhabbat barchani lol qoldirdi.
Sababi, shu kunga qadar Aleksandr kimga ko‘ngil qo‘ygani haqida hech qaerda to‘xtalib o‘tmagan edi. Biroq u o‘zining ijtimoiy tarmoqlariga Olga bilan birga hordiq chiqarayotgan surtlarni joyladi va o‘z sevgilisini ommaga tanishtirdi. Ular yangi mavsum oldida Maldiv orollari va Dubayda dam olishganini aytib o‘tdi.
Eslatib o‘tami, 21-yoshli Sharipova avval tennis bilan shug‘ullangan biroq noma’lum sabablarga ko‘ra, professional faoliyatini yakunlagan.
Fikrlar