
Angliya termasidagi so‘nggi besh muhim o‘zgarish
Har safargi kabi tarkib borasida ba’zi futbolchilarning kiritilgani yoki aksincha tushib qolgani haqida munozaralar ingliz matbuoti kun tartibidan o‘rin oldi.
Yaqin ikki yilda Angliyani boshqarishga kelishib olgan Sautgeyt hamma vaqt hammaning ko‘nglini ovlash imkonsiz ekanligini biladi. Nima bo‘lganda ham «uch sherlar» uning qo‘li ostida to‘g‘ri yo‘ldan bormoqda.
So‘nggi Mundial finalchisi va yoshargan Ispaniyaga qarshi o‘yinlar uning shogirdlariga oson kechmasligi aniq.
Shularni inobatga olib so‘nggi tarkibda besh jiddiy o‘zgarish bo‘lganini tahlil natijasida aniqlab oldik. Quyida shu haqida fikr yuritamiz.
- Sautgeytning yangi shartnomasi
Yuqorida aytganimizdek, Angliya Sautgeyt qo‘li ostida o‘z yo‘lidan to‘g‘ri bormoqda. Ular so‘nggi Jahon Chempionatida yarim finalga qadar etib borishdi. Bu ham Angliya termasi uchun jiddiy muvaffaqiyat hisoblanadi. Angliya-U21 bosh murabbiy shartnomasini yana ikki yilga uzaytirdi va Angliya termasini 2022-yilda Qatarda bo‘lib o‘tadigan Mundialga boshlab borish vazifasi yuklatildi.
Hech kim unga bo‘lgan ishonchni inkor qila olmaydi. Endi to‘rt yil terma jamoa uning boshqaruvida bo‘lgach uzoq muddatlik rejalarini bemalol oshirishda davom etishi mumkin.
Shunga qaramay, eslatish joizki futbol bu natija degani, uni qo‘llab-quvvatlayotgan muxlislar va mutasaddi rahbarlar undan faqatgina rivojlanishni talab qiladi. Axir u oddiygina termani sovrinlar uchun asosiy favorit darajasiga qayta olib chiqdida.
Muvaffaqiyatlar ishonch bag‘ishlaydi, ammo u o‘z navbatida umid uchqunlarini kuchaytiradi.
- Shou – Rouz dueli
Lyuk Shouning sport formasiga qaytishi alohida hikoya. Uning kelajagi «Manchester Yunayted» va aftidan terma jamoada. So‘nggi bir necha yillarda u yo‘qolib qolgan bo‘lsada, endi bunday bo‘lmaydi.
«Qizil iblislar» safida chap qanot himoyasi uchun yana asosiy nomzodga aylanib olgan Shou Angliya termasida asosiy nomzod emas. Unga kuchli raqobatchi bor.
Denni Rouz ham jarohatidan forig‘ bo‘lib safga qaytgach Sautgeytning tanlovlaridan biriga aylandi.
Uning qo‘li ostida Angliyaning eng kuchli ikki chap qanot himoyachilari kurashadi. Buni kuzatish ancha maroqli.
- Chaloba – qayta chaqiruv
Agarda tizzasidan olgan jiddiy jarohati bo‘lmaganida Nataniel Chaloba Angliya bilan Rossiya yashil maydonlarida o‘zini ko‘rsatgan bo‘lardi. Boisi bosh murabbiy unga ishonadi.
«Chelsi» akademiyasi tizimidan chiqqan futbolchi o‘zining iqtidorini namoyish qilishi uchun «Stemford Bridj»ni tark etishi kerakligini tushunib etdi.
U ayni vaqtda «Uotfort»ning asosiy tarkib futbolchisiga aylangan. Biroq jarohatlar uni qiynab qo‘ydi va bu mavsumda Premer Ligada etarlicha o‘yin amaliyotiga ega bo‘lolmayapti.
- Yarim himoyada tanlovlar ko‘pligi
Chalobaning qaytishi asosiy tarkib naqd degani emas. Harri Uinks va Ross Barklilar ham ikkinchi imkoniyatlarini kutib turishibdi. Barkli uchun termaga chaqiruv alohida ahamiyatga ega. U oxirgi marta 2016-yil may oyida Avstraliyaga qarshi o‘yinga chaqirilgandi.
Ikkalasi ham Sautgeyt qo‘li ostida yarim himoyaga rang-baranglik bag‘ishlaydi. Ehtimol yarim himoyachilarning ko‘pligidan bosh murabbiy uch kishilik himoyaga qaytar. Nima bo‘lganda ham u uzoq va jiddiy bosh qotiradi.
- «O‘nlik» muammosining istiqbolli echimlari
Terma jamoa boshqaruviga kelganidan beri Sautgeyt 3-1-4-2 o‘yin sxemasini qo‘llamoqda. Biroq bir muammo hamon o‘z echimini topmayapti. Yarim himoyani hujumga bog‘laydigan mard Angliya termasida topilmayapti.
Iqtidoriga shubha qilinmaydigan Dele Alli orqaroqqa qaytib bu vazifani amalga oshirishda samaradorlik ko‘rsatishi mumkin, ammo u jarohat olib safdan chiqqan.
Bu vazifani shuningdek «Borussiya Dortmund»ning 18-yoshli yangi yulduzchasi Jeydon Sancho bajarishi mumkin. U ayni vaqtda Evropaning kuchli beshlik chempionatlari ichida eng ko‘p golli uzatmalarni amalga oshirgan.
Xullas, buyog‘ini endi vaqt ko‘rsatadi.
Fikrlar