
Antalyada “g‘alati ishlar” davom etmoqda
Kecha ATP turkumiga kiruvchi Turkiyaning Antalya shahrida davom etayotgan turnirda chorak final o‘yinlari bo‘lib o‘tdi.
Antalyadagi turnirda “sensatsiyalar” davom etmoqda
E’tibolisi, saralangan tennischilardan birortasi yarim finalga chiqa olmadi. Jumladan, ATP reytingida 62-o‘rinda borayotgan Adrian Mannarino(Frantsiya) ispaniyalik Fernando Verdaskoni uch set yakuniga ko‘ra mag‘lub etishning uddasidan chiqdi.
Chorak finalning qolgan natijalari bilan quyida tanishasiz.
Markos Bagdatis (Kipr) – Ramkumar Ramanatan (Xindison) 6:7 6:3 7:6
Yuchi Sugita (Yaponiya) – Daniel Altmayer (Germaniya) 6:3 6:0
Adrian Mannarino (Frantsiya) – Fernando Verdasko (Ispaniya) 2:6 7:5 6:2
Andreas Seppi (Italiya) – Radu Albot (Moldova) 6:4 7:6
Fikrlar