"Barselona"ga qarshi bahsda "Yuventus"ning 6 futbolchisi maydonga tusha olmaydi

  • 11 sentabr, 2017, 19:32
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Yuventus" himoyachisi Jorjo Kellini va Mario Manjukichlar ertaga EChL 1-turidan o‘rin olgan "Barselona"ga qarshi kechadigan bahsda jamoasiga yordam bera olmaydi. Bu haqda Turin klubi rasmiy sayti xabar bermoqda.

Tecno

Kellini Italiya terma jamoasida orttirib olgan jarohatidan so‘ng tiklanmoqda. Manjukich esa Italia A Seriyasi 3-turidan o‘rin olgan "Kevo"ga qarshi bahsda jarohat olgan edi.

Ilgariroq, Sami Xedira, Klaudio Markizio, Benedikt Xyovedes va Xuan Kuadradolar turli sabablarga ko‘ra, ushbu o‘yinni o‘tkazib yuborishi aytilgan edi.

Eslatib o‘tamiz, mazkur o‘yin ertaga Toshkent vaqti bilan soat 23.45 da start oladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!