Besh qit’a tennischilari Samarqandda bellashmoqda

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Samarqandda Professional tennischilar uyushmasi - ATR musobaqalari taqvimidan joy olgan "Chellenjer" turkumidagi xalqaro turnir boshlandi.

 

Aslosiy to‘r bellashuvlarida Osiyo, Amerika, Evropa, Afrika va Avstraliya qit’alari vakillari g‘oliblik uchun kurashmoqda.

Musobaqada mamlakatimiz sharafini Sanjar Fayziev, Temur Ismoilov va Farrux Do‘stov himoya qilmoqda. Hamyurtlarimizdan birinchi bo‘lib Temur ISmioilov bellashuvlarga kirishdi va qozog‘istonlik Dmitriy Popkoga 4:6, 6:4, 6:7 hisobida yutqazdi.

Qolgan uchrashuvlarda quyidagi natijalar qayd etildi:

Nikola Miloyevich (Serbiya) - Marek Yaloviets (Chexiya) 6:3, 6:7, 6:4

Jeyson Jung (Xitoy Taypeyi) - Gunneshvaran (Hindiston) 3:6, 7:6, 6:4

Aleksey Vatutin (Rossiya) - Maykl Mmox (AQSh) 6:7, 6:1, 6:3

Makeyras (Ispaniya) - Ramanatan (Hindiston) 3:6, 6:3, 7:6.

SPORTS.uz

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!