Birinchi liga. To‘purarlik bahsida kim ustun?

  • 23 avgust, 2017, 11:44
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

Birinchi liga baxslari ayni qizg‘in pallaga kirmoqda. Bugun ham navbatdagi tur uchrashuvlariga start beriladi.
Musobaqada o‘zini ko‘rsatayotgan xujumchilar talaygina. To‘purarlik bobida qolganlarga o‘rnak bo‘layotgan "NBU-Osiyo" forvardi Orifxo‘ja Abduholiqov 17 ta gol bilan karvonboshilik qilmoqda. Bu o‘yinchida xujumchiga xos hislatlar shakllanishda davom etmoqda. Orifxo‘ja ham akasi singari taniqli o‘yinchi bo‘lishi kutilmoqda.
Keyingi o‘rinlarda "Norin" xujumchisi Bahodir Murtazoev va "Mash’al-2" o‘yinchisi Shahzod Ubaydullaevlar borishmoqda. Ularni hisobida 11 tadan gol bor.

To‘purarlar ro‘yxati:

1. Orifxo‘ja Abduxoliqov (NBU-Osiyo) - 17

2. Bahodir Murtazoev (Norin) - 11

3. Shaxzod Ubaydullaev (Mash’al-2) - 11

4. Davron Isoqov (Tsementchi) - 10

5. AbdulAziz Yusupov (Tsementchi) - 10

6. Akmal Abdurahmonov (Surxon) - 10

7. Bekzod Maxpraliev (Yozyovon-Lochinlari) - 10

8. Sardor Matmuratov (Xorazm) - 9

9. Nodir Davlatov (Yangier) - 9

10. Doston Toshmatov (Zomin) - 9
 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!