Bo‘lg‘usi chempionlar Toshkentda saralanadi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Shu yilning 2-5 may kunlari Toshkent shahrida yunon-rum kurashi bo‘yicha 2000-2001 yillarda tug‘ilgan o‘smirlar o‘rtasida O‘zbekiston chempionati bo‘ladi.

 

O‘zbekiston jismoniya tarbiya va sport davlat qo‘mitasi ham da Sport kurashlari assotsiatsiyasi hamkorligida o‘tkazilayotgan musobaqa yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, yunon-rum kurashini ommalashtirish va mahoratli sportchilarni saralab olish maqsadida tashkil etilmoqda.

Mamlakatimizning barcha hududlaridan eng iste’dodli kurashchilar ishtirok etadigan musobaqada g‘olib va sovrindor bo‘lgan yosh polvonlarga xalqaro miqyosidagi turnirlarda ishtirok etish huquqi beriladi.

SPORTS.uz

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!