Botirali Mamajonov AQShda raqibini kutmoqda

  • 01.03.2017 09:56
  • 0
  • Boks
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

shu yilning 24 mart kuni AQShning Florida shtati mezbonlik qiladigan katta boks kechasida o‘zbekistonlik engilmas bokschi Botirali Mamajonov ham ringga chiqadigan bo‘ldi.

 

Professional ringdagi faoliyatini o‘tgan yili boshlagan Botirali Mamajonov AQShda tashkil etilgan bellashuvlarda muvaffaqiyatli ishtirok etib kelmoqda. O‘tgan mavsumda o‘zbekistonlik charm qo‘lqop ustasi beshta jang o‘tkazib, ularning barchasida zafar quchdi.

Botirali Mamajonov amerikalik bokschilar - Elvin Devi, Taxlik Teylor, Larri Xarrisni nokautga uchratgan bo‘lsa, Everi MakFatter hamda Kortez Ridni ochkolar hisobida mag‘lub etdi.

Ayni paytda Botirali Mamajonov 24 mart kuni bo‘ladigan jangga puxta tayyorgarlik ko‘rmoqda. Hozircha ham yurtimizga qarshi kim ringga chiqishi ma’lum emas. Promouterlar tez kunda raqib nomini e’lon qiladi.

SPORTS.uz

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!