
Braziliya termasi murabbiyi rekord o‘rnatdi
Braziliya terma jamoasi kecha JCh-2018 saralashidan o‘rin olgan Ekvadorga qarshi o‘z maydonida o‘tgan bahsda 2:0 hisobida g‘alaba qozondi.
Tite boshqaruvidagi Braziliya termasi saralashdagi 9 o‘yinning barchasida g‘alabaga erishdi. Bu “pentakampeonlar” tarixidagi yangi rekord natija bo‘ldi.
Oldingi eng yaxshi natija ketma-ket JCh-1970 saralashida qo‘lga kiritilgan 6 ta g‘alaba bo‘lib, u Joao Saldanya boshqargan paytda shunday natijaga erishilgan edi.
Fikrlar