Bugun Sanjar Fayziev va Sergey Fomin o‘zaro raqobatlashadi

Musobaqaning asosiy to‘r bahslarida hamyurtimiz Sanjar Fayziev rossiyalik Aleksandr Igoshindan 6:0, 6:3 hisobida engdi.

Rossiyaning Qozon shahrida tennis bo‘yicha “Fyuchers” turkumiga kiruvchi xalqaro turnirning birinchi davra bahslari yakunlandi.

Endi Sanjar yana bir vakilimiz Sergey Fominga qarshi ikkinchi davra yo‘llanmasi uchun kortga chiqadi. Mazkur uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 13:30dan so‘ng o‘tkaziladi

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!