"Bunyodkor"ning sobiq ustozi "Palmeyras"ni 10-marta Braziliya chempioni qildi (FOTO)

  • 26.11.2018 15:57
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

Bugun Braziliya chempionatining 37-turida peshqadam "Palmeyras" mehmonda "Vasko da Gama"ni 1:0 hisobida engdi va muddatidan avval chempionlikni qo‘lga kiritdi.

Ta’kidlash kerakki, "Palmeyras" ikki yillik tanaffusdan so‘ng yana shoxsupaga ko‘tarildi. Ular so‘nggi bor 2016 yilda chempionlikni tantana qilishgan edi.

Ma’lumot uchun, bu "Palmeyras" tarixidagi yubiley 10-chempionlik bo‘ldi. E’tiborlisi, ushbu jamoani “Bunyodkor” klubining sobiq ustozi Luis Felipe Skolari shug‘ullantirmoqda.

131449.jpg

131449-340.jpg

131449-683.jpg

131450.jpg

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!