Buxoro kortlarida kurash qizg‘in
Buxoroda tennis bo‘yicha "Fyuchers" turkumidagi xalqaro turnirda yurtimiz sharafini himoya qilayotgan tennischilardan ikki nafari bosh sovrin uchun kurashni davom ettiradigan bo‘ldi.
Ikkinchi davraning eng qiziqarli bahsida o‘zbekistonlik ikki tennischi - Sanjar Fayziev va Saida’lo Saidkarimov o‘zaro ro‘baro‘ keldi. Bu bahsda tajribali bo‘lgan Sanjar 7:6, 6:0 hisobida zafar quchdi.
Temur Ismoilov turnirdagi ikkinchi uchrashuvini rossiyalik Roman Bloxinga qarshi o‘tkazdi. O‘yinda hamyurtimiz o‘z ustunligini namoyish qildi va bahsni 6:1, 6:2 hisobida o‘z foydasiga hal qildi.
Chorak finalda Temur Ismoilov qozog‘istonlik Dmitriy Popko bilan kuch sinashsa, Sanjar Fayziev ukrainlik Vadim Ursuga qarshi kortga chiqadi.

Fikrlar