Chalxanoglu qishda "Milan"dan ketadi

  • 4 noyabr, 2018, 16:50
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Milan" yarim himoyachisi Xakan Chalxanoglu jamoadan ketishga yaqin turibdi.

Tecno

Goal.com tarqatgan xabarga ko‘ra "rossonerilar" qishda jamoaning bo‘lajak a’zosi Lukas Paketa uchun tarkibda joy bo‘shatish maqsadida turkiyalik futbolchini sotib yuborishni rejalashtirmoqda.

Chalxanogluga Germaniyaning ikki klubi - "Ayntraxt" hamda "RB Leyptsig"dan jiddiy qiziqishlar bo‘lmoqda. Ta’kidlash kerakki, Chalxanoglu uchun Bundesliga begona emas. Boisi, u “Milan” safiga Leverkuzenning “Bayer” klubidan ko‘chib o‘tgan edi.

Ma’lumot uchun, Chalxanoglu joriy mavsum “Milan” safida jami 11ta o‘yinda maydonga tushdi va jamoasining 4ta goliga assistentlik qilishga erishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!