"Chelsi" etakchilaridan biri Braziliyaga yo‘l olishi mumkin
Braziliyaning "Palmeyras" klubi "Chelsi" himoyachisi David Luizga jiddiy qiziqish bildira boshladi. Bu haqda FOX Sports xabar tarqatmoqda.
Yuqoridagi manbaaga ko‘ra "Palmeyras" rahbariyati ushbu masala yuzasidan allaqachon “aristokratlar” vakillari bilan aloqaga chiqishgan. Qayd etish lozimki, 31 yoshli braziliyalik futbolchining “Chelsi” bilan amaldagi shartnomasi mavsum yakunida o‘z nihoyasiga etadi. Shu bois uning transferi Braziliya klubi uchun u qadar qimmatga tushmasligi mumkin.
Ma’lumot uchun, Luiz joriy mavsum “aristokratlar” safida jami 25ta o‘yinda ishtirok etdi va o‘z hisobiga 1ta gol va 1ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishgan.
Fikrlar