"Dakar-2017": Marraga etgan - maqsadga etdi!
"Dakar-2017" rallisi ishtirokchilari jami 12 bosqichda o‘zaro kuch sinashadi. Ob-havo sharoitidan kelib chiqib, ayrim bosqichlar o‘tkazilmadi, ma’lum masofalar qisqartirildi.
Motopoygalarda jami 143 nafar poygachi g‘oliblik uchun kuch sinashdi. Musobaqa yakunlariga ko‘ra britaniyalik Sem Sanderlend chempion bo‘ldi.

Kvadrotsikllar poygasida 42 ta poygachi trassaga chiqdi. Murakkab poygada ilk bor Rossiya vakili - Sergey Karyakin zafar quchdi.

Yuk mashinalari bahsida ellikdan ziyod ekipaj qatnashdi. Barcha bosqichlar yakuniga ko‘ra rossiyalik Eduard Nikolaev boshqaruvidagi "KAMAZ" eng tezkor natijani qayd etdi.

90 nafarga yaqin ishtirokchi bellashgan avtomobillar poygasi ham qizg‘in o‘tdi. Unda "Mister Dakar" nomini olgan Stefan Petransel o‘z "Pejo"sida barcha raqobatchilarini ortda qoldirdi.

Fikrlar