Darya Kasatkina ikki soat kurashdi, biroq...

Rossiyalik Darya Kasatkina Tsintsinnati shahridagi xotin-qizlar o‘rtasida o‘tayotgan turnirda birinchi davrada mag‘lubiyatga uchradi.

"Western & Southern Open" turnirining ilk bosqichida Darya xorvatiyalik Petra Martichga qarshi kortga chiqdi va 6:4, 4:6, 3:6 hisobida mag‘lubiyatga uchradi.

Endi Martich musobaqaning ikkinchi davrasida amerikalik Amanda Anisimova bilan o‘yin o‘tkazadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!