
Delofeu "Barselona"ga qaytishga yaqin turibdi
“Milan” klubi yarim himoyachisi Xerard Delofeu katta ehtimol bilan faoliyatini “Barselona”da davom ettiradi.
Futbolchining “Everton” bilan tuzgan amaldagi shartnomasida “Barselona” o‘z tarbiyalanuvchisini sotib olish huquqiga ega degan band mavjud. AS nashrining ma’lum qilishicha, kataloniyaliklar ayni shu imkoniyatdan foydalanib qolishmoqchi. Ta’kidlash kerakki, Delofeuning transferi “Barselona”ga 12 mln evroga tushadi.
Ma’lumot uchun, Delofeu ayni damda huquqiy jihatdan Angliyaning “Everton” klubiga tegishli. U joriy mavsumni “Milan”da ijara asosida o‘tkazdi.
Fikrlar