"Devis Kubogi". O‘zbekiston terma jamoasining Serbiyaga qarshi tarkibi e’lon qilindi

  • 23 yanvar, 2019, 09:40
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Tennis
CHERY AUTO

Xabaringiz bor, 1-2 fevral kunlari tennis bo‘yicha «Devis Kubogi»ning pley-off bahslari o‘tkaziladi. Musobaqada ishtirok etayotgan O‘zbekiston terma jamoasi jahon ligasiga chiqish uchun Serbiya terma jamoasiga qarshi o‘yinlar o‘tkazadi.

Milliy olimpiya qo‘mitasi rasmiy sayti tarqatgan xabarga ko‘ra ushbu bahslarda terma jamoamiz sharafini qaysi tennischilar himoya qilishi ma’lum bo‘ldi. Unga ko‘ra, Denis Istomin, Humoyun Sultonov, Sergey Fomin, Sanjar Fayziev va Jo‘rabek Karimov kabi tennischilarimiz serbiyalik raqiblarga qarshi bahs yuritadilar.

Serbiya terma jamoasi esa Toshkentga Dushan Layovich, Filip Krayinovich, Laslo Jere, Nikola Miloevich va Viktor Troitski kabi tennischilar bilan tashrif buyuradi.

Ma’lumot uchun, «Devis Kubogi» bu yildan boshlab boshqacha formatda o‘tkaziladigan bo‘ldi. Fevral oyida bo‘ladigan saralash bahslarida 24 ta terma jamoa 12 ta juftlikka bo‘lingan holda kurash olib boradi. Ushbu bahslarda g‘olib bo‘lgan 12 ta terma jamoa noyabr oyida o‘tkaziladigan jahon ligasi bahslarida ishtirok etadi. Mag‘lublar esa kelasi yilgi pley-off o‘yinlarida qatnashish uchun mintaqaviy bahslarda kurash olib boradilar.

1-2 fevral kunlari o‘tkaziladigan pley-off bahslarida quyidagi juftliklar to‘qnash keladi:

devis-kubogi-1024x512

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!