Devis kubogi kimga nasib qiladi?

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi
Tennis bo‘yicha norasmiy jahon chempionati - Devis kubogi finalida Xorvatiya va Argentina terma jamoalari o‘zaro kuch sinashmoqda.
 
Bellashuvning birinchi kunida har ikki jamoa bittadan g‘alabaga ega bo‘ldi. Marin Chilich (Xorvatiya) raqib tennischisi Federiko Delbonis (Argentina) ustidan 6:3, 7:5, 3:6, 1:6, 6:2 hisobida zafar quchdi.
 
Ikkinchi uchrashuvda tajribali tennischi Ivo Karlovich (Xorvatiya) jahon reytingida yuqori o‘rinlarga da’vogarlik qilayotgan Xuan-Martin del Potroga (Argentina) 4:6, 7:6, 3:6, 5:7 hisobida yutqazdi.
 
Qoidaga ko‘ra, musobaqaning ikkinchi kunida juftlik bellashuvlari o‘tkazildi. Uch soatga yaqin davom etgan bahsda xorvatiyaliklar - Marin Chilich va Ivan Dodig raqiblar dueti - Xuan-Martin del Potro va Leonardo Mayerni 7:6, 7:6, 6:3 dog‘da qoldirdi.
 
Devis kubogi g‘olibi bugun bo‘ladigan Marin Chilich — Xuan-Martin del Potro va Ivo Karlovich — Federiko Delbonis uchrashuvlaridan so‘ng aniqlanadi.
 
SPORTS.uz

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!