Dzyudochimiz JCh yarim finalida!
Xabar berganimizdek, bugun dzyudo bo‘yicha jahon chempionatining navbatdagi kun doirasida eng og‘ir vazn toifasida bellashuvlar bo‘lib o‘tmoqda. Bugun bahs olib borayotgan vakilimiz Bekmurod Oltiboev yarim final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.
Dastlab Avstraliya, Braziliya, Qozog‘iston vakillarini dog‘da qoldirgan Oltiboev chorak finalda tojikistonlik Temur Rahimovni mag‘lub eta oldi. Shu tariqa yurtdoshimiz kechki dasturda final yo‘llanmasi uchun bahs olib boradigan bo‘ldi. Uning oltin medal uchun kurashdagi raqibi ozarbayjonlik Ushangi Kokauri bo‘ladi.
Eslatib o‘tamiz, 22 yoshli sportchimiz yaqinda bo‘lib o‘tgan Osiyo o‘yinlarida bronza medaliga sazovor bo‘lgan edi.
Fikrlar