Fazliddindan superg‘alaba!

  • 23 sentabr, 2017, 09:32
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Professional ringda ketma-ket g‘alaba qozonayotgan Olimpiada chempioni Fazliddin G‘oibnazarov uchinchi jangida ham zafar quchdi.

Tecno

O‘zbekistonlik bokschi AQShda meksikalik Viktor Rosas bilan jang qildi. Sakkiz raundlik reyting jangi keskin va murosasiz kurashlar ostida o‘tdi. Fazliddin mahorat va tajriba bobida raqibidan ustunligini isbotladi va ochkolar hisobida jangni o‘z foydasiga hal qildi.

Bungacha Fazliddin dastlabki ikki jangda Viktor Vaskez va Agustin Maurasni mag‘lubiyatga uchratgandi.

Endi hamyurtimiz 9 dekabr kuni AQShdagi to‘rtinchi jangini o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘radi.

SPORTS.uz

 

SPORTS.uz

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!