Gamburg-2017: Yarim finalda bokschilarimizga kimlar raqiblik qilishadi?

  • 30.08.2017 01:55
  • 0
  • Boks
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Bugun Germaniyaning Gamburg shahrida davom etayotgan boks bo‘yicha jahon chempionatining beshinchi kungi bellashuvlari bo‘lib o‘tdi.

Bugungi janglaridan so‘ng yarim finalga yo‘l olgan bokschilarimiz soni 6 nafarga etdi. Endi ular final uchun ringga chiqishadi.

Yarim final bahslari ikki kun davom etadi. Ertaga turnir ishtirokchilari bir kunlik ta’tilga chiqishadi. 31 avgustdan esa yarim final janglari boshlanadi.

Quyida bokschilarimiz o‘z janglarini o‘tkazadigan sana va raqiblar kimligi bilan sizlarni tanishtiramiz.

31 avgust (payshanba)

49 kg:

Hasanboy Do‘smatov (O‘zbekiston) – Yurberen Rivas Martines (Kolumbiya)

64 kg:

Iqboljon Xoldorov (O‘zbekiston) – Freyudis Royas (AQSh)

91 kg:

Sanjar Tursunov (O‘zbekiston) – Evgeniy Tishenko (Rossiya)

1 sentyabr (juma)

52 kg:

Jasurbek Latipov (O‘zbekiston) – Kim In Kyu (Janubiy Koreya)

69 kg:

Shahram G‘iyosov (O‘zbekiston) – Ablayxan Jusupov (Qozog‘iston)

81 kg:

Bektemir Meliqo‘ziev (O‘zbekiston) – Jozep Uord (Irlandiya).

Janglarning boshlanish vaqti bo‘yicha ma’lumotni keyinroq taqdim etamiz.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!