
G‘iyosjon Boboev oltin medalni Toshkentda olib qololmadi
Poytaxtimizda o‘tayotgan dzyudo bo‘yicha Toshkent Gran-prisining bugungi kungi bellashuvlarida g‘olib va sovrindorlar nomi aniqlanmoqda.
Musobaqaning -73 kg vazn toifasidagi erkaklar o‘rtasida o‘tkazilgan bellashuvlarining oltin medali uchun o‘tkazilgan bahsda G‘iyosjon Boboev qozog‘istonlik Jansay Smagulovga qarshi tatamiga ko‘tarildi.
Qiziqarli kechgan bahsda hamyurtimiz raqibiga vazare bahosi evaziga imkoniyatni boy berib qo‘ydi va sovrindorlar qatoridan o‘rin egalladi.
Fikrlar