Go‘zal Simona yana g‘olib bo‘ldi

Dunyoning birinchi raqamli tennischisi ruminiyalik Simona Xalep "BNP Paribas Open - 2018" musobaqasining uchinchi davrasidan muvaffaqiyatli o‘tdi.

Simona ushbu bosqchida amerikalik Karolin Dolxaydni uch setda 1:6, 7:6, 6:2 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.

Shu tariqa Xalep Indian-Uellsda o‘tayotgan musobaqaning 1/8 finalida xitoylik Tszyan Vanga qarshi o‘yin o‘tkazadigan bo‘ldi.

Sports.uz

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!