Hasanboy Do‘smatovni tabriklaymiz

  • 24.06.2017 13:54
  • 0
  • Boks
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

XXXI yozgi Olimpiya o‘yinlarida oltin medalni qo‘lga kiritgan iste’dodli bokschimiz Hasanboy Do‘smatov bugun o‘zining 24 yoshini qarshilamoqda. Sports.uz sayti xodimlari va muxlislari tomonidan Hasanboy Do‘smatovni tabriklab, kelgusi faoliyatida ulkan zafarlar va Tokio-2020 Olimpiadasida ham g‘olib chiqishni tilab qolamiz.

Hasanboy

Ma’lumot uchun: So‘nggi ikki yil ichida bokschimiz ajoyib natijalari bilan boks muxlislarini xursand qilib keldi.

Ayniqsa, u o‘tgan yili Hasanboy uchun juda omadli keldi. U Braziliyaning Rio de-Janeyro shahrida o‘tkazilgan XXXI yozgi Olimpiya o‘yinlarining boks bo‘yicha vazni 49 kilogrammgacha bo‘lgan charm qo‘lqop ustalari o‘rtasidagi bellashuvlarda oltin medalni qo‘lga kiritdi va o‘zbek bokschilari orasida birinchi bo‘lib, “Rio – 2016” olimpiadasining eng yaxshi bokschisi sifatida Vel Barker kubogi bilan taqdirlandi.

hasanboy dusmatov

Bundan tashqari Shveytsariyaning Lozanna shahrida Xalqaro havaskor bokschilar assotsiatsiyasi Ijroiya qo‘mitasi yig‘ilishi va AIBAning 70 yilligi munosabati bilan bo‘lib o‘tgan tantanali marosimda Hasanboy Do‘smatovga 2016 yil yakunlariga ko‘ra, "Yilning eng yaxshi bokschisi" sovrini topshirildi.

Shuningdek, bu yil Toshkentda o‘tgan Osiyo chempionligini qo‘lga kiritdi va Butunjahon boks seriyalari (WSB) janglarida muvaffiqiyatli ishtirok etdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!