Ibrahimovich “Rostov”ga qarshi bahsga tayyor
“Manchester Yunayted” klubi hujumchilari Antoni Marsiyal va Ueyn Runi “Rostov”ga qarshi Evropa Ligasi pley-off javob bahsida ishtirok etmaydi. Bu haqda jamoa ustozi Joze Mourino o‘yin oldi matbuot anjumani ta’kidlab o‘tdi.
“Manchester Yunayted” va “Rostov” o‘rtasida Evropa Ligasi 1/8 final birinchi uchrashuvi 1:1 hisobidagi durang bilan yakunlangan.

Runi, Ibragimovich va Marsiyal jarohatlari sababli “Chelsi” (0:1) bilan bo‘lgan Angliya kubogi uchrashuvida maydonga tushmagan edi, ammo shvetsiyalik hujumchi Ibragimovich sog‘lig‘ini tiklab, safga qaytgan.
“Manchester Yunayted” – “Rostov” bahsi bugun tunda Toshkent vaqti bilan soat 00:05da start oladi.



Fikrlar