Italiyada velosport bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasida jahon chempionati start oldi

CHERY AUTO

Bugun Italiyaning Montikyari shahrida velosportning trek yo‘nalishi bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasidagi jahon chempionati boshlandi. Bu haqda O‘zbekiston MOQ xabar tarqatmoqda.

Tecno

Ushbu nufuzli musobaqada O‘zbekiston terma jamoasining uch nafar ham a’zosi ham ishtirok etadi. Apennin yarim orolida tashkil etilayotgan jahon chempionatida Danil Evdokimov, Aleksey Fomovskiy hamda Olga Jantuganovalar yurtimiz sharafini himoya qilishadi. 

Terma jamoamiz a’zolari 20 avgust sanasida Italiyaga jo‘nab ketishgandi va musobaqaga tayyorgarlikning so‘nggi bosqichini Montikyari shahrida olib borishdi. Jahon chempionati 27 avgustga qadar davom etadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!