Jo‘rabek Karimov musobaqani tark etdi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Buxoro shahridagi “Dilkusho” tennis markazida Xalqaro tennis federatsiyasi tomonidan o‘tkazilayotgan "Fyuchers" musobaqasida birinchi davra bahslari qizg‘in o‘tmoqda. 

Afsuski ushbu davrada mamlakatimiz sharafini himoya qilayotgan tennischilarning safi ikkitaga kamaydi.

Umidli tennischimiz Jo‘rabek Karimov belaruslik Sergey Betovga qarshi o‘tgan o‘yinda har ikkala setda 6:4 hisobida mag‘lubiyatga uchragan bo‘lsa, yosh tennischimiz Ahad Ermatov yana bir belaruslik Ivan Liutarevichga 6:1, 6:1 hisobida imkoniyatni boy berdi.

Birinchi davra bahslari davom etmoqda.

Sports.uz

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!