«Kaka sindromi», endi yangisi chiqmoqda

  • 13 oktabr, 2018, 22:30
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Neymar, Oskar va Kakalarning ortidan futbol muxlislari Lukas Paketaning qahramonliklariga guvoh bo‘lishi mumkin.

Tecno

Atigi ikki marta Braziliya termasida o‘ynagan yosh futbolchini «Milan» va «Real Madrid»ning sobiq vakili Kakaga taqqoslashmoqda. U 2018-yilda barcha musobaqalarda 9 gol va to‘rt golli uzatmalarni amalga oshirgan.

Paketa Braziliya chempionatini yaqindan kuzatmaydiganlar uchun albatta hech bir ma’no kasb etmaydi. Ammo uning «Flamengo» uchun ko‘rsatayotgan hunarlari Evropaning ba’zi grandlari e’tiborini tortgan.

Quyida nega Evropa grandlari braziliyalik futbolchini kuzatishayotgani va Paketa o‘zi kimligi borasida fikr yuratmiz.

Lukas Paketa kim o‘zi?

21 yoshli futbolchi «Flamengo» bilan 10 yoshidan beri birga va yoshlar akademiyasida ko‘rsatgan o‘yinlari evaziga 19 yoshida asosiy jamoaga jalb qilindi.

U 2016-yildayoq Karioka chempionatida o‘z debyutini o‘tkazishi mumkin edi, biroq 18 yoshli futbolchi Braziliya chempionatida ishtirok etish uchun 2017-yil may oyini kutdi.

Yarim himoyachi o‘shandan beri «Flamengo» uchun 88 o‘yin o‘tkazishga muvaffaq bo‘lgan. Bu vaqt ichida u 17 gol va 5 golli pasni uzatgan. U ayni vaqtda «Real» vakiliga aylangan Vinisius Junior bilan ajoyib tandemni hosil qilgandi.

Uning mahorati Braziliya bilan Jahon Chempionatiga borishi mumkin bo‘lgan o‘n ikki zaxira futbolchilaridan biri bo‘lishiga sababchi bo‘ldi. U keyinchalik AQSh va Salvadorga qarshi o‘rtoqlik o‘yinlariga jalb qilindi va ikkalasida ham zaxiradan maydonga tushirildi.

Paketa qaysi pozitsiyada o‘ynaydi va uning uslubi qanaqa?

Sodda qilib aytganda, Paketa yarim himoyachi, biroq braziliyalik futbolchi bundan ham ko‘proq.

Klubi uchun o‘tkazgan 88 o‘yini mobaynida Paketa jamoasi tarkibida qariyb beshta pozitsiyada o‘zini sinab ko‘rgan. U tayanch yarim himoyachiligidan tortib vingerlikkacha bo‘lgan pozitsiyalarning barchasida o‘ynab ko‘rgan.

Ammo yosh iqtidor egasi ko‘proq hujumkor yarim himoyachi vazifasida o‘zini yaxshi his qiladi. Ammo vaziyatga qarab u himoyaga ham yordamga kelishi mumkin.

Uning xavfli vaziyatlarni yaratish qobiliyati ham ancha rivojlangan. U jamoadoshlari uchun 32 marta shunday harakatlarni bajargan. Biroq klubdoshlari uning sa’yi-harakatlarini munosib yakunlay olmagan.

Bo‘yi-basti tufayli u havodagi kurashlarda ham ancha faol. U bu mavsumda 95 marta havodagi kurashlarda g‘olib chiqqan.

Qaysi klublar uni ko‘z ostiga olgan?

Paketaning o‘yin uslubi va yoshligi tufayli uni bir qator top-klublar o‘z safida ko‘rishni istamoqda.

Turli manbalarga ko‘ra, «Manchester Yunayted», «Liverpul», «Pari Sen-Jermen», «Barselona», «Yuventus» va «Milan» klublari 21 yoshli futbolchining xizmatlariga ko‘z tikkan.

Italiyalik jurnalist Janluka Di Martsioga ko‘ra «rossonerilar» 50 millionga baholanayotgan braziliyalik futbolchi uchun kurashda imkoniyatini ko‘proq baholagan.

Globo Esporte nashri esa sal o‘tmay, italyan klubi futbolchini 35 millionga olgani, yanvarda transfer amalga oshishi va unga 11 raqam topshirilishi haqidagi xabarni tarqatdi.

Shunga qaramay, o‘sha manbaning o‘zi unga «PSJ» ham qiziqish bildira boshlagani, bunga Neymarning klub oldiga uni sotib olish shartini qo‘yganini ham tarqatdi.

Lukas Paketa navbatdagi Kakami?

Braziliyalik futbolchilarni afsonaviy Kakaga qiyoslash yaxshi oqibatlarga olib kelmaydi. «Chelsi» vakili Lukas Piazonni ham vaqtida «yangi Kaka» deb ko‘klarga ko‘tarishgandi, ammo oqibati ijobiy bo‘lmadi.

Kaka va Paketani qiyoslash esa ularning o‘yin uslublaridan ham ko‘ra ko‘proq faoliyati ayni tarzda kechishi tufayli aytilmoqda.

2003-yilda 21 yoshli Kaka «San Paulu»dan «Milan»ga ko‘chib o‘tgandi va hujumkor yarim himoyachi pozitsiyasida Italiyada mashhurlikka erishgan edi.

Kaka braziliyalik yarim himoyachilarning afsonasiga aylangan. U 2007-yilda Chempionlar Ligasi finali va umuman «Milan»dagi o‘yinlari evaziga «Oltin to‘p»ni yutib olgandi.

Ammo ayni vaqtdagi «Milan» Kaka qo‘shilgan vaqtdagidek emas. Jennaro Gattuzo boshchiligidagi klub o‘z shuhratidan ancha pastdagi o‘yinni namoyish qilmoqda.

Agarda Paketa «Milan»ga ko‘chib o‘tadigan bo‘lsa, u Gattuzoning 4-3-3 o‘yin taktikasiga moslashib ketishi mumkin. Xakan Chalxanoglu, Gonsalo Iguain va Suso kabi hujum uchligiga uning qo‘shadigan yordami beqiyos bo‘lishi mumkin.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!