
Karrager: Koutino “Liverpul”ni tark etishi mumkin
“Liverpul” klubining sobiq sardori Jeymi Karrager braziliyalik futbolchi Filippe Koutino mersisaydliklarni tark etishi mumkin deb hisoblamoqda.
“Biz hammamiz Xabi Alonso, Xaver Maskerano va Luis Suarezlarni yaxshi eslaymiz. Ispan grandlari ularga qiziqish bildirdimi, tamom, bu holat transfer bilan yakunlanadi. Futbol shunaqa bo‘ladi. Ayni shu sababli ham men Qoutinoning “Liverpul”dagi taqdiri borasida havotirdaman”, - deydi Karrager Daily Star nashriga bergan intervyusida.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Koutinoga “Barselona” klubi jiddiy qiziqish bildirayotganligi haqida xabarlar tarqalgan edi.
Fikrlar