Kim kuchli: Serenami yoki Vinus?

  • 26 yanvar, 2017, 17:25
  • 0
  • Tennis
CHERY AUTO

Bu yilgi Avstraliya ochiq chempionatining bosh sovrini Uilyamslar xonadoniga ketadigan bo‘ldi.

Tecno
 

"Katta dubulg‘a" turkumiga kiruvchi ushbu musobaqaning yarim finalida Serena Uilyams xorvatiyalik Miryana Luchich-Baronini 6:2, 6:1, opasi Vinus o‘z hamyurti Koko Vandevegeni 6:7, 6:2, 6:3 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.

Jahon reytingida ikkinchi o‘rinni egallab turgan Serena Uilyams faoliyati davomida 71 ta sovrinni qo‘lga kiritgan. Vinusning bu boradagi ko‘rsatkichlari kamtarroq bo‘lsa-da, ko‘plab tennischi qizlar havas qiladigan darajajda ko‘p. Ya’ni, Uilyamslarning kattasida 49 ta sovrin bor.

Opa-singillar faoliyati davomida "Katta dubulg‘a" turkumiga kiruvchi to‘rt turnirning barchasida bir necha marotabadan g‘olib chiqqan. Shuningdek, ularda to‘rttadan Olimpiya oltin medali bor.

Bu galgi final uchrashuv oldidan hamon Serenaning imkoniyati Vinusnikidan yuqori baholanmoqda. Bu tennischilarning o‘ziro statistikasi ham shundan dalolat beradi. Oilaviy tennischilarning o‘zaro bahsida 17 marotaba Serena, 11 marta Vinus zafar quchgan.

Har ikki tennischi final uchrashuvida qizg‘in kurashishini, biroq natija qanday bo‘lishidan qat’iy nazar sovrin Uilyamslar oilasiga borishidan mamnun ekanliklarini bildirishmoqda.

 

SPORTS.uz

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!