Koko Vandevege muxlislarni xafa qildi
Amerikalik Koko Vandevege "BNP Paribas Open - 2018" musobaqasining to‘rtinchi davrasiga chiqa olmadi.
Koko o‘z Vatanida o‘tayotgan musobaqaning uchinchi davrasida gretsiyalik Mariya Sakkariga qarshi kortga chiqdi va 2:6, 4:6 hisobida mag‘lubiyatga uchradi.
Shu tariqa g‘alaba qozongan Mariya Sakkari Indian-Uellsda o‘tayotgan musobaqaning 1/8 finalida yaponiyalik Naomi Osaki bilan bahslashadigan bo‘ldi.
Fikrlar