
Kurash: 2 vaznda 3 nafar kurashchimiz yarim finalda
Osiyo o‘yinlarining bugungi kungi bahslari kurashchilarimiz uchun muvaffaqiyatli o‘tmoqda.
Bugungi kun dasturidan o‘rin olgan bahslarda 2 vazn toifasida 4 nafar kurashchimiz o‘z ishtiroklarini boshlashdi.
Xususan, -78 kg vazn toifasining saralash bosqichida Dilroza Bozorova qozog‘istonlik Galiyabonu Amanxanovaga imkoniyatni boy berib qo‘ygan bo‘lsa, qolgan sportchilarimizning barchasi yarim final bosqichiga qadar etib kelishdi.
Xususan, ayollar o‘rtasidagi -78 kg vazn toifasida Kumush Yo‘ldosheva chorak final bosqichida Qozog‘iston vakilasi Kaljan Tayjanovani mag‘lub etgan bo‘lsa, -90 kg vazn toifasida Shermuhammad Janjreev afg‘onistonlik Shirzad Aziziga, Yahyo Imomov turkmanistonlik Guvanch Begalievga hech qanday imkoniyat qoldirmadi.
Qayd etish lozim, yarim final bosqichida Kumush Yo‘ldosheva Xitoy Taypeyi vakilasi Xsientszu Yangni sinovdan o‘tkazsa, Shermuhammadad Jandreev quvaytlik Husayn Misri, Yahyo Imomov esa qozog‘istonlik Ersultan Muzapparovga qarshi bahs olib boradi.
Fikrlar