Makgregor va Meyvezer doping nazoratidan o‘tishadi
Amerika antidoping agentligi (USADA) UFC chempioni irlandiyalik Konor Makgregor va boks bo‘yicha sobiq jahon chempioni Floyd Meyvezerni bo‘lajak jang oldidan tekshiruvdan o‘tkazadi, deya xabar beradi MMA Fighting.
Mazkur jang 26 avgust kuni Las-Vegasda bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan. Ma’lum bo‘lishicha, sportchilardan bunga qadar bir necha marta doping nazorati o‘tkaziladi. Xuddi shuningdek, jang vaqtida ham tekshiruvlarga jalb qilinishi mumkin ekan. Natijalar esa tashkilot (USADA) rasmiy saytida ma’lum qilinadi.

Fikrlar