Malla soch Mariya hammasini a’lo darajada bajardi

Rossiyalik tennischi Mariya Sharapova Madrid shahrida o‘tayotgan turnirning birinchi davrasidan muvaffaqiyatli o‘tdi.

U ushbu bosqichda ruminiyalik Mixaela Buzarneskuga qarshi kortga chiqib, yakunda 6:4, 6:1 hisobida g‘alaba qozondi.

Endi Mariya "Mutua Madrid Open" turnirining ikkinchi davrasida yana bir ruminiyalik tennischi Irina-Kameliya Beguga qarshi kortga chiqadi.

Sports.uz

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!