
Marko Roys Bundesliganing sentyabr oyidagi eng yaxshi futbolchisi deb topildi
Dortmundning "Borussiya" klubi vingeri Marko Roys o‘tgan sentyabr oyida Bundesliganing eng yaxshi futbolchisi deb topildi. Bu haqda musobaqa rasmiy sayti xabar bermoqda.
29 yoshli futbolchi bu borada Alassan Plea, Torgan Azar (ikkalasi - "Borussiya M"), Onjeya Dudu ("Gerta"), Maksa Kruze ("Verder") hamda Timo Verner ("RB Leyptsig") kabi futbolchilarni ortda qoldirishga erishdi.
Ma’lumot uchun, Roys o‘tgan sentyabr oyida Bundesligada 4ta o‘yinda ishtirok etdi va o‘z hisobiga 3ta gol hamda 3ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.
Fikrlar