Medallar reytingi: Kuchli o‘nlikka qaytdik

CHERY AUTO

Osiyo o‘yinlarining bugungi kungi bellashuvlari hamyurtlarimiz uchun omadli o‘tdi. Xususan, bugun hamyurtlarimiz jami 7 ta sport turida o‘z omadlarini sinovdan o‘tkazishgan bo‘lsa, shundan 3 ta yo‘nalishda medallar jamg‘arilishi ko‘zda tutilgandi.

Tecno

Xususan, kurash bahslarida 3 ta oltin 1 ta kumush va 2 ta bronza medallari qo‘lga kiritligan bo‘lsa, badiiy gimnastika yo‘nalishida ishtirok etgan Sabina Toshkenboeva ham medallarimiz sonini yana bir kumush medal bilan boyitdi.

Shu bilan vakillarimiz jami 9 ta oltin, 15 ta kumush va 14 ta bronza - jami 38 ta medal bilan kuchli o‘nlikka qaytishga muvaffaq bo‘lishdi.

Screenshot_14

Ayni paytda medallar reytingini kutilganidek, 205 ta medal bilan Xitoy vakillari boshqarib borishmoqda. Keyingi o‘rinlarda esa 141 ta medal bilan kunchiqar yurt vakillari o‘rin olishgan bo‘lsa, kuchli uchlikni 117 ta medal bilan koreyaliklar yakunlab turishibdi.  

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Musaeva Feruza
28/08/2018 21:09
курашда 2 та эмас 3 та олтин, 2 та бронза.
Azar Ganiev
29/08/2018 10:52
Kurash boyicha 3 ta oltin, 1 ta kumush, 2 ta bronza
Azar Ganiev
29/08/2018 10:51
Hudo hohlasa bundanam kop medallaga erishamiza!!!