Meyvezer NBA jamoalaridan birini sotib olmoqchi
Boks bo‘yicha besh vazn toifasining sobiq jahon chempioni Floyd Meyvezer NBA jamoalaridan biriga egalik qilishni maqsad qilgan.
Uning so‘zlariga ko‘ra, basketbol o‘yinlariga pul tikishni to‘xtatish vaqti keldi. Eslatib o‘tamiz, amerikalik sportchi NFL va talabalar futboliga katta miqdordagi pul sarflashi bilan mashhurdir.
– NBA jamoasiga egalik qilib, pul tikishni to‘xtatmoqchiman, – deydi Meyvezer ESPN nashriga. –Senda NBA jamoasi bo‘lsa, bu ishlarni qilish mumkin bo‘lmay qoladi. Shuning uchun tezroq birorta jamoani sotib olib, futbol, basketbol yoki boshqa sport turlariga pul sarflashni to‘xtatishni sabrsizlik bilan kutyapman.

Fikrlar